
Silk Avia Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida har kunlik reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda!
Yoz osmon bag‘rida boshlanadi: Silk Avia Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida har kunlik reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda!
2025-yil 1-iyuldan boshlab Silk Avia aviakompaniyasi Toshkent – Tamchi (Issiqko‘l) yo‘nalishida muntazam kundalik reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Issiqko‘l — bu Markaziy Osiyoning durdonasi: toza tog‘ havosi, iliq va billurdek tiniq ko‘l suvlari, qulay mehmonxonalar va hayratomuz tabiat manzaralari bu maskanni haqiqiy orzular manziliga aylantiradi. Yangi aviaqatnovlar bilan bu go‘zal maskanga yetib borish endi atigi bir necha soatni oladi — quruqlikdagi uzoq va charchatadigan yo‘l esa ortda qoladi.
Silk Avia sizning dam olishingizni allaqachon parvoz paytidanoq boshlanishi uchun barcha qulayliklarni yaratdi. Toshkent – Tamchi yo‘nalishidagi barcha reyslar zamonaviy, ishonchli va qulay ATR 72-600 samolyotlarida amalga oshiriladi — qisqa masofalardagi parvozlar uchun ideal tanlov.
Quyidagi parvoz jadvali yo‘lovchilarga maksimal darajada moslashtirilgan:
- Toshkentdan uchish — 10:20, Issiqko‘lga yetib kelish — 13:25
- Issiqko‘ldan qaytish — 14:25, Toshkentga yetib kelish — 15:40
- Jadval mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Har kuni amalga oshiriladigan reyslar sayohatni rejalashtirishda to‘liq erkinlik beradi — bir necha kunlik dam olishni ham, to‘liq ta’tilni ham xohlagan vaqtingizda boshlab yuborishingiz mumkin. Endi siz jadvalga moslashmaysiz — jadval sizga moslashtirilgan. Chipta sotib olish usullari:
- Rasmiy veb-sayt orqali: www.silk-avia.com
- Silk Avia mobil ilovasi orqali
- O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlaridagi kassalarda
- Uzbekistan Airways Sales filiallarida
Eslatma: bu yo‘nalishga talab har doim yuqori bo‘lgani bois, ayniqsa yoz mavsumida chiptalarni oldindan bron qilishingizni tavsiya etamiz. Chipta narxlari:
- Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishi: 1 300 000 so‘mdan
- Toshkent – Issiqko‘l – Toshkent yo‘nalishi: 2 600 000 so‘mdan
Silk Avia sizga qulaylik, muntazamlik va arzonlikni taklif qiladi. Issiqko‘l yo‘nalishi bizning qadriyatlarimizni yaqqol ifodalaydi: har bir yo‘lovchi har bir bosqichda e’tibor va g‘amxo‘rlikni his qilishi kerak. Ta’til mavsumi yengillikdan boshlansin.
Silk Avia bilan yozni balandlikdan qarshi oling!