“Uzbekistan Helicopters” MChJda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha mutaxassis
Asosiy vazifalar
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Xalqaro qatnovlarda yuklarni tashish bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, turli xil bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining buyruqlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari va yig‘imlarini hisoblash;
- O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Yagona deklaratsiyalash (ED-1) tizimiga ma’lumotlarni kiritish;
- Tovarlarni deklaratsiyalash masalalari bo‘yicha bojxona organlari bilan hamkorlik qilish;
- Ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish;
- Hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Jamoada ishlay olish, kirishimli, nizolarga moyil bo‘lmagan, ijro intizomiga rioya qiladigan va stressga chidamli bo‘lish
- Bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Ma’lumoti: oliy ma’lumot.
- Til bilimi: o‘zbek, rus va ingliz tillarini o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur darajada bilish.
- Boshqa bilim va ko‘nikmalar: bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish sohasida belgilangan dastur bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lish. Kompyuterda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
- Shaxsiy fazilatlar:
- Mas’uliyatlilik va e’tiborlilik;
- O‘zini o‘zi intizomga rioya qilish, punktuallik;
- Aviakompaniya xodimlari bilan muloqotda xushmuomalalik va to‘g‘rilik;
- Stressli va nostandart vaziyatlarda ishlash qobiliyati;
- Ozoda tashqi ko‘rinish, muomala madaniyati.
- Nomzod quyidagilarga ega bo‘lmasligi kerak:
- Sudlanganlik;
- Avvalgi ish joylarida mehnat intizomini buzganlik holatlari (imkon qadar tavsifnoma bilan tasdiqlanadi).
Kompaniya taklif etadi
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Besh kunlik ish haftasi;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3WDLmw
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 30.09.2026
“Uzbekistan Helicopters” MChJda xaridlar va shartnomalar bo‘yicha mutaxassis
Asosiy vazifalar
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Elektron savdo platformalarini bilish;
- Savdo platformalarida ishlashni bilish (xarid to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirishdan shartnoma tuzishgacha);
- Shartnomaviy ishlar va davlat xaridlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shartnomalar/kontraktlar/kelishuvlar hamda ularga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ishlab chiqishni bilish;
- Tovarlar/ishlar/xizmatlarni xarid qilish/taqdim etish bo‘yicha shartnomalar/kontraktlar/kelishuvlar hamda ularga qo‘shimcha kelishuvlarni tuzish maqsadida amaldagi va potensial hamkorlar bilan ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish;
- Hujjatlar bilan ishlashni bilish;
- Kontragentlar bilan muzokaralar olib borish va ishbilarmonlik yozishmalarini yuritish;
- Jamoada ishlay olish, kirishimli, nizolarga moyil bo‘lmagan, ijro intizomiga rioya qiladigan va stressga chidamli bo‘lish.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Ma’lumoti: oliy ma’lumot.
- Til bilimi: o‘zbek, rus va ingliz tillarini o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur darajada bilish.
- Boshqa bilim va ko‘nikmalar: kompyuterda ishlash ko‘nikmasi. Xaridlar sohasida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish (sertifikat majburiy).
- Shaxsiy fazilatlar:
- Mas’uliyatlilik va e’tiborlilik;
- O‘zini o‘zi intizomga rioya qilish, punktuallik;
- Aviakompaniya xodimlari bilan muloqotda xushmuomalalik va to‘g‘rilik;
- Stressli va nostandart vaziyatlarda ishlash qobiliyati;
- Ozoda tashqi ko‘rinish, muomala madaniyati.
- Nomzod quyidagilarga ega bo‘lmasligi kerak:
- Sudlanganlik;
- Avvalgi ish joylarida mehnat intizomini buzganlik holatlari (imkon qadar tavsifnoma bilan tasdiqlanadi).
Kompaniya taklif etadi
- Mehnat shartlari:
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Besh kunlik ish haftasi;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3WDLmw
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 30.09.2026
Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviatsiya texnigi
Asosiy vazifalar
- Kasbiy bilim va ko‘nikmalar:
- fuqarolik aviatsiyasi havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
- ekspluatatsion, texnik va ta’mirlash hujjatlarini bilish;
- ATR 72-600, L-410, Airbus H125/H130 turdagi havo kemalari konstruktsiyasi, agregatlari, tizimlari, komponentlari va olinadigan maxsus uskunalarini bilish;
- aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va texnologiyasini bilish;
- texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida nazorat qilinadigan, havo kemasining sozligi, ishga yaroqliligi va to‘g‘ri ishlashini tavsiflovchi parametrlarni bilish;
- aviatsiya texnikasidan foydalanishda qo‘llaniladigan yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus suyuqliklar va gazlardan foydalanish tartibini bilish;
- havo kemalari va aviatsiya texnikasining texnik holatini mustaqil ravishda aniqlay olish;
- nosozlik va rad etishlarning sabablarini aniqlash hamda ularni ekspluatatsion hujjatlar va tasdiqlangan texnologik ko‘rsatmalarga muvofiq bartaraf eta olish;
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Ma’lumoti: Fuqarolik aviatsiyasi sohasida o‘rta maxsus yoki oliy texnik ma’lumot.
- Qo‘shimcha talablar:
- vaqtinchalik aerodromlarda ishlash va xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
- mehnat muhofazasi, aviatsiya va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga rioya qilishga tayyor bo‘lish;
- parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (PHBT/SMS) talablariga rioya qilish;
- malakani muntazam oshirib borish va zarur kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish;
- o‘zbek va rus tillarini erkin bilish;
- ingliz tilini texnik hujjatlar bilan ishlash darajasida bilish.
- Shaxsiy fazilatlar:
- yuqori mas’uliyatlilik;
- intizomlilik;
- diqqatlilik;
- o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul qila olish;
- murakkab ishlab chiqarish sharoitlarida ishlashga tayyorlik.
Kompaniya taklif etadi
- rasmiy ishga joylashish;
- barqaror ish haqi;
- zamonaviy aviatsiya kompaniyasida ishlash;
- kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.
- Sinov muddati: 3 oy.
- Nomzodlarni tanlash tartibi:
- rezyumelarni saralash va dastlabki o‘rganish.
- test sinovlari.
- korxona tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokidagi suhbat.
- nomzod hujjatlarini tegishli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborish.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Nomzodlarni saralash va tanlash jarayoni Toshkent shahrida o‘tkaziladi
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 23.06.2026
“Uzbekistan Helicopters” MChJ aviakompaniyasida (Silk Avia brendi) foydalaniladigan havo kemasi sardori
Asosiy vazifalar
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Uchuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha:
- amaldagi tijorat aviatsiyasi uchuvchisi litsenziyasiga ega bo‘lishi;
- amaldagi ME-IR malaka qaydlariga ega bo‘lishi;
- umumiy parvoz vaqti — kamida 150 soat;
- 1-darajali TUEKning amaldagi tibbiy ma’lumotnomasiga ega bo‘lishi;
- ingliz tilini bilish darajasi — ICAO Level 4 dan kam bo‘lmasligi;
- yoshi — 42 yoshgacha.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Nomzodlar elektron shaklda (PDF formatda) quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- aviatsiyada uchuvchilik lavozimiga ishga joylashish uchun to‘ldirilgan nomzod rezyumesi (shakli ilova qilinadi);
- ATPL nazariy tayyorgarligidan o‘tganligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi;
- harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnoma;
- amaldagi ME-IR malaka qaydlariga ega tijorat aviatsiyasi uchuvchisi litsenziyasi;
- 1-darajali TUEKning amaldagi tibbiy ma’lumotnomasi;
- ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat — ICAO Level 4 dan kam bo‘lmagan;
- parvoz vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Kompaniya taklif etadi
- Nomzodlarni tanlash tartibi:
- rezyumelarni saralash va dastlabki o‘rganish.
- test sinovlari.
- korxona tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokidagi suhbat.
- nomzod hujjatlarini tegishli tashkilotga ko‘rib chiqish uchun yuborish.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Nomzodlarni saralash va tanlash jarayoni Toshkent shahrida o‘tkaziladi
Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 16-oktabrgacha qabul qilinadi.
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 17.09.2026
“Uzbekistan Helicopters” MChJ aviakompaniyasida (Silk Avia brendi) foydalaniladigan havo kemalariga ikkinchi uchuvchi

Axborot texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
Asosiy vazifalar
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Ma’lumoti: Axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi yoki axborot xavfsizligi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot.
- Til bilish: Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Quyidagi professional sertifikatlar mavjud bo‘lsa afzal hisoblanadi:
- Kiberxavfsizlik bo‘yicha: CEH, Security+, ISO/IEC 27001
- Tarmoq texnologiyalari bo‘yicha: CCNA/CCNP
- Server tizimlari bo‘yicha: MCSA/MCSE, Linux LPIC/RHCSA
- Veb-resurslar va serverlarni himoyalash:
- Veb-saytlarni xakerlik hujumlaridan himoyalash ko‘nikmalari (SQL-injection, XSS, CSRF, brute-force, LFI/RFI, DDoS va boshqalar).
- Zaifliklarni tahlil qilish va hujumlarning oldini olish choralarini joriy etish.
- WAF (Web Application Firewall) sozlamalari — masalan, Cloudflare, ModSecurity.
- Loglarni kuzatish, shubhali faollikni aniqlash, ruxsatsiz kirishlarning oldini olish.
- Bot-hujumlariga qarshi kurash:
- Antibot-himoya tizimlaridan foydalanish: rate-limit, captcha-himoya, trafik filtrlari.
- CDN tarmoqlarini va trafikni filtrlashni sozlash, shubhali IP-podtarmoqlarni cheklash.
- DDoS-himoya vositalarini sozlash (Cloudflare, Qrator, ddos-filter va boshqalar).
- Serverlarni boshqarish:
- Linux va Windows Server tizimlarini boshqarish:
- xizmatlar, foydalanuvchilar va huquqlarni boshqarish;
- veb-serverlarni sozlash (Nginx, Apache, IIS);
- FTP/SFTP, SSH, SSL sertifikatlari bilan ishlash.
- Virtualizatsiyani boshqarish (Hyper-V, VMware, Proxmox).
- Zaxira nusxalash, monitoring va serverlarning uzluksiz ishlashini ta’minlashni sozlash.
- Ma’lumotlar bazalarini xizmat ko‘rsatish (MySQL/MariaDB, PostgreSQL, MS SQL): optimallashtirish va xavfsizlik sozlamalari.
- Kiberxavfsizlik:
- Himoyalangan IT-infratuzilmani yaratish tamoyillarini bilish.
- Xavfsizlik siyosatlarini amalga oshirish, ma’lumotlarni shifrlash, kirish kalitlarini boshqarish.
- Xavfsizlik hodisalarini tahlil qilish va tekshirish.
- Antiviris himoyasini nazorat qilish, SIEM/IDS/IPS tizimlarini boshqarish (mavjud bo‘lsa).
- Qo‘shimcha talablar:
- Kiberxavfsizlik bilan bog‘liq favqulodda chaqiriqlarga va ish rejimidan tashqari vaqtlarda ishlashga tayyorlik.
- Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish talablari va tashkilotning IT siyosatlariga rioya qilish.
- Shaxsiy va professional sifatlar:
- Stressli vaziyatlarda va yuqori yuklama sharoitida ishlay olish.
- Analitik fikrlash va detallarga e’tibor.
- Hujjatlarni yuritishda mas’uliyat va intizom.
- Kommunikabellik, texnik bilimga ega bo‘lmagan xodimlar va dasturchilar bilan samarali ishlay olish.
Kompaniya taklif etadi
- Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish;
- 5 kunlik ish haftasi, 09:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror maosh;
- Sinov muddati: 3 oy.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 02.12.2025
ATR72-600 havo kemasi Komandiri
Asosiy vazifalar
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi.
- Ma’lumot: Fuqaro yoki harbiy aviatsiya uchuvchisi bo‘yicha oliy aviatsion ma’lumot.
- Uchuvchilik bo‘yicha talablar:
- ATR72-600 havo kemasi uchun amaldagi ruxsatnoma;
- Amaldagi fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi (ATPL);
- Amaldagi tibbiy sertifikat;
- ICAO tizimi bo‘yicha ingliz tili darajasi 4 va undan yuqori (amal qilish muddati kamida 6 oy);
- Ariza topshirilgan vaqtda shu turdagi havo kemasida (HK) ushbu lavozim bo‘yicha parvoz faoliyatida uzilish 9 (to‘qqiz) oydan oshmagan bo‘lishi;;
- ATR72-600 turida parvoz soati: Havo kemasi sardori (HKS) uchun – kamida 1500 soat;
- Vakolatli organdan guvohnomaning legitimligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Yosh: 50 yoshgacha.
- Til bilimi:
- davlat tili – o‘zbek tili
- rus va ingliz tillarini ekipaj vazifalarini bajarish uchun yetarli darajada bilishi
- Elektron shaklda (PDF) taqdim etiladigan hujjatlar::
- Lavozimga nomzod uchun rasmiy tarzda tuzilgan rezyume (ilova qilinadi);
- TUEK (VLEK)ning uchuvchilikka yaroqlilik xulosasi;
- Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasi;
- Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar, parvoz soatlari, o‘zlashtirilgan HK turlari va boshqalar;
- Asboblar bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat (Instrument Rating);
- Mehnat daftarchasidan parvoz tajribasini tasdiqlovchi ko‘chirma;
- ICAO til bilimi bo‘yicha 4 va undan past bo‘lmagan darajani tasdiqlovchi sertifikat;
- Harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi harbiy guvohnomasi;
- jinoyat sodir etilmaganligi haqidagi ma’lumotnoma;
- hodisalar mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma;
- so‘nggi 12 oy uchun tasdiqlangan “Logbook” ning nus’hasi.
- Kalit ko‘nikmalar:
- Mas’uliyat va diqqatlilik;
- O‘zini o‘zi tartibga solish, aniqlik (punktuallik);
- Yo‘lovchilar va aviakompaniya xodimlari bilan muloqotda xushmuomalalik;
- Stressli va g‘ayrioddiy vaziyatlarda ishlay olish qobiliyati;
- Ozoda tashqi ko‘rinish, muomala madaniyati.
Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Kompaniya taklif etadi
- Maosh: shtat jadvali va “Uzbekistan Helicopters” MChJ ATR72-600 uchuvchilar tarkibi mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq.
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Sinov muddati: 3 oy.
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 02.12.2025
Avtobus haydovchisi
Asosiy vazifalar
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati qoidalarini bilish;
- Avtobusning texnik ekspluatatsiya asoslari, transport vositasining tuzilishi va kundalik texnik ko‘rik tartibini bilish;
- Turli yo‘l va ob-havo sharoitlarida, jumladan, aeroport hududida avtobusni xavfsiz boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Yo‘lovchi tashishni tashkil etish tartibi, yo‘lovchilarni tushirish/chikarish me’yorlari va xizmat ko‘rsatish qoidalarini bilish;
- Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish;
- Yo‘l-transport hodisalari vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Dispetcherlar, transport ta’minoti va aviatsiya xavfsizligi xizmatlari bilan hamkorlikda ishlay olish;
- Harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf eta olish.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
- Fuqarolik: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
- Ma’lumoti: Umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot.
- Til bilish darajasi: Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur darajada o‘zbek va rus tillarini bilish.
- Boshqa bilim va ko‘nikmalar:
- “Avtomobil haydovchisi” kasbi bo‘yicha D toifa bo‘yicha professional tayyorgarlik (belgilangan namunadagi guvohnoma);
- Amaldagi B, C, D toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
- Malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- D toifali avtobus haydovchisi sifatida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Yo‘lovchi tashish tajribasi: korxonalar, aeroportlar, mehmonxonalar yoki turistik kompaniyalar transport xizmatida ishlagan bo‘lishi afzal;
- Majburiy dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shart.
- Kalit ko‘nikmalar:
- Mas’uliyat va diqqatlilik;
- O‘zini tutish intizomi, punktuallik;
- Yo‘lovchilar va aviakompaniya xodimlari bilan muomala qilishda xushmuomalalik va hurmat;
- Stressli va noan’anaviy vaziyatlarda ishlay olish qobiliyati;
- Ozoda tashqi ko‘rinish, madaniyatli muloqot;
- Smenali ish jadvalidа, jumladan tungi va dam olish kunlaridagi ishga tayyorlik.
Kompaniya taklif etadi
- Rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga qabul qilish;
- Smenali ish jadvali;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy. Ko‘rib chiqish uchun rezyumelar quyidagi elektron manzilga yuboriladi: jobs.uh@uzairways.com
Rezyume namunasini havolani bosish orqali olishingiz mumkin https://clck.ru/3Su7uh
Ish e'lonini joylashtirish sanasi 19.11.2025
Tanlov natijalariga ko'ra, tanlov komissiyasi tanlov o'tkazilgan deb topdi va nomzodlarni "Uzbekistan Helicopters" MChJga ishga qabul qilishga tavsiya etish to'g'risida qaror qabul qildi.
Tanlov ishga qabul qilishda tanlov o'tkazish bo'yicha ichki Nizom va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son "korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qaroriga hamda 2025-yil 3-noyabrda tasdiqlangan "Uzbekistan Airways" AJning "yo'l xaritasi" ning 3-bandiga asosan ishga qabul qilish bo'yicha tanlov komissiyasi Majlisining borishi belgilangan tartibda videoyozuv yordamida amalga oshirildi.