
Silk Avia 18-maydan boshlab Toshkent – Shahrisabz – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar sonini oshiradi!
7 May 2025
Endilikda zamonaviy ATR 72-600 samolyotlarida parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, payshanba, juma va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki bosqichda ushbu yo‘nalishda reyslar haftasiga ikki marta LET L-410 samolyotlarida amalga oshirilgan edi. 10-maydan boshlab barcha parvozlar ATR 72-600 samolyotlariga o‘tkazildi. Endi esa, uchinchi bosqichda, bu yo‘nalishdagi parvozlar soni ham oshirildi.
Oldindan reja tuzing va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni Silk Avia bilan qulaylikda amalga oshiring! Chiptalarni silk-avia.com saytida, mobil ilovamizda yoki mamlakatdagi xalqaro aeroportlarda xarid qilishingiz mumkin.
Shaxsiy kabinetga kirish