
Silk Avia chiptalar narxini pasaytiradi
1-avgustdan 31-avgustgacha Silk Avia barcha yo‘nalishlarga chiptalar narxini pasaytiradi. Masalan, ushbu davrda Samarqandga 12 yevroga, Farg‘ona yoki Namanganga 10 yevro, Buxoroga esa bor-yo‘g‘i 17 yevroga uchish mumkin bo‘ladi.
“Uch oylik parvozlar natijalariga ko‘ra, biz qulayroq jadval ishlab chiqdik, eng ommabop yo‘nalishlarni kuchaytirdik, shuningdek, chegirma aksiyasini boshladik. Nisbatan kichik samolyot parkiga qaramay, biz Oʻzbekiston aholisi va mehmonlarining ichki tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga harakat qilmoqdamiz”, — deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.
Aviachiptalarni 21-iyuldan boshlab aviatashuvchining rasmiy www.silk-avia.com sayti, +99855 501-22-12 aloqa markazi yoki O‘zbekiston xalqaro aeroportlari kassalarida arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Silk Avia uchta tarifga ega. ODDIY tarifida faqat 5 kg qo'l yuki taqdim etiladi — yuklat maxsus o'lchamga mos kelishi kerak — 40sm x 30sm x 20sm. OSON tarifi ham qaytarilmaydigan, lekin qayta bron qilish va 10 kg gacha qo'shimcha bagaj olish imkoniyati mavjud. OMAD tarifiga 20 kg gacha yuk, qayta bron qilish va chiptani qaytarish kiradi.
Ilgari amalda boʻlgan jadval boʻyicha parvozlar uchun chipta sotib olgan yoʻlovchilar oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va ularga bepul qayta bron qilish yoki toʻlovni toʻliq qaytarish taklif etiladi.
Shuningdek, aviakompaniya tariflari va xizmatlari haqida batafsil ma’lumotni www.silk-avia.com veb-saytidan olishingiz yoki +99855 501-22-12 telefon raqami orqali Aloqa markazi operatorlari bilan bog‘lanishingiz mumkin.