
Silk Avia mobil ilovasini ishga tushirdi
Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi yo'lovchilarga chiptalar sotib olish, parvoz holatini kuzatish, onlayn ro'yxatdan o'tish va boshqa xizmatlarfan foydalanishni osonlashtiradigan mobil ilovani ishga tushirdi. Shuningdek, keyingi yangilanishda yo'lovchilar parvozlar haqida bildirishnomalarni o'rnatishlari va kechikishlar, yo'laklar o'zgarishi va boshqa muhim e'lonlar haqida so'nggi ma'lumotlarni olishlari mumkin bo'ladi.
Silk Avia mobil ilovasi o'zbek, rus va ingliz tillarida hozirda rasmiy Google Play ilovalar do'konida Android platformasidagi mobil qurilmalar foydalanuvchilari uchun mavjud (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.hititcs.silkavia&pli=1). Tez orada iOSda ishlovchi qurilmalar uchun ham paydo bo'ladi.
Eslatib o'amiz, aviakompaniya xizmatlari va tariflari bilan aviakompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti yoki +99855 501 22 12 telefon raqamidagi aloqa markazida ham tanishish mumkin.