0 %

Silk Avia yo‘lovchilarni aviachiptalar bilan bog'liq firibgarlikdan ogohlantiradi

Oxirgi bir necha kun ichida Silk Avia aviakompaniyasi parvozlariga aviachiptalarni sotish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holati qayd etildi. Shulardan biri kuni kecha Toshkentda sodir bo‘ldi. Mahalliy aviaqatnovlar terminalining roʻyxatdan oʻtish peshtaxtasiga yo‘lovchi kelib, hodimga uning soʻzlariga koʻra, Toshkent-Termiz reysi uchun aviachipta boʻlgan hujjatni uzatgan. Biroq, hujjat faqatgina ushbu reys uchun bronning bosma nusxasi bo'lib chiqdi. Yo‘lovchining ta'kidlashicha, bunday "chipta" unga shahar kassalardan birida sotilgan. Aviakassaga qo‘ng‘iroqdan so'ng, ushbu yo‘lovchiga pul qaytarilgan, shundan so'ng yo‘lovchi aeroport kassasidan chipta sotib olib, Termizga uchib ketgan.

Shu munosabat bilan eslatib o‘tamiz, “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining reyslariga chiptalarni faqat aeroport kassalarida yoki kompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin. Onlayn chiptalarni sotib olayotganda, shaxsiy va aloqa ma'lumotlaringiz to'g'ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qiling.

15 May 2023

Foto


Ro'yxatga qaytish