0 %

“Uzbekistan Helicopters” MChJ rahbariyati va Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

8 April 2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqoti ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 8-aprel kuni “Uzbekistan Helicopters” MChJ rahbariyati va Toshkent davlat transport universiteti talabalari o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tdi. “Aviatsiya transport muhandisligi” fakulteti talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Xususan:

• "Uzbekistan Helicopters" MCHJdagi malaka talablari va bo‘sh ish o‘rinlari;
• talabalik davrida amaliyot o‘tash tartibi va mehnat shartnomalarini tuzish shartlari;
• aviatsiya xodimlarining ish haqi darajasi;
• qizlarni ishga qabul qilishda va ish faoliyati davomida ularga beriladigan imtiyozlar;
• aviakompaniya uchun uchuvchilarni tayyorlash rejalari muhokama qilindi.

Barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Muloqot talabalarga aviatsiya sohasidagi karyera istiqbollari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam berdi.


Ro'yxatga qaytish