
Silk Avia aloqa markazida ishlash uchun mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi!
Silk Avia aloqa markazida ishlash uchun mutaxassislar tanlovini e’lon qiladi!
Agar siz kirishimli bo‘lsangiz, odamlar bilan tez til topishsangiz va tillarni yaxshi bilsangiz, demak biz aynan sizni kutmoqdamiz! Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi aloqa markazi operatori lavozimi uchun tanlov e’lon qiladi.
Sizdan nimalar talab qilinadi?
• yo‘lovchilar bilan konstruktiv va mohirona tarzda muloqot olib borish;
• aviaqatnovlarni amalga oshirishda uzilishlar holatlari yuz beradigan muammolarni hal qilish;
• yo‘lovchilarga aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash bo‘yicha yordam berish;
• kechiktirilgan yoki bekor qilingan aviaqatnovlar haqida yo‘lovchilarni xabardor qilish;
• sotuv bo‘limi va yerda xizmat ko‘rsatish xizmati bilan hamkorlikda ishlash.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• 20 dan 40 yoshgacha;
• rus, o‘zbek tillarini bilish (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi);
• ma’lumoti o‘rta-maxsus bo‘lgan;
• smenali ish tartibida ishlay olishi;
• kirishimlilik, stressga chidamlilik, mas’uliyatli, tez o‘rganuvchan, mijozlar bilan stressli vaziyatlarda muloqot qilish qobiliyati;
• aviachiptalar sotuvi va bron qilish tizimida ish tajribasiga ega bo‘lish qo‘shimcha afzallik beradi.
Rezyumeni hr@silk-avia.com pochta manziliga yuboring.
Rezyumeni yuborayotganda “Aloqa markazi operatori” bo‘sh o‘rniga deb ko‘rsatish talab etiladi.