
Silk Avia O‘zbekiston shaharlari orasida yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Oktyabr oyidan boshlab yo‘lovchilar Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona, Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon hamda Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon yo‘nalishlari bo‘yicha sayohat qilishlari mumkin. Aviachiptalar allaqachon sotuvda!
Uzbekistan Airways guruhiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi o‘zbekistonliklarning mamlakat bo‘ylab sayohatini yanada qulay va arzon qilish uchun aviaqatnovlar tarmog‘ini kengaytirish ustida ishlamoqda. Tez orada yangi yo‘nalishlar ochilishi munosabati bilan siz uchun aviachiptalar narxi va parvozlar jadvali haqida batafsil ma’lumot to‘pladik.
Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar 8 oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 40 daqiqani tashkil etadi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 313 000 so‘mdan, Farg‘ona – Samarqand – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha esa 626 000 so‘mdan boshlanadi.
• Farg‘onadan jo‘nab ketish soat 13:00, Samarqandga yetib borish soat 14:40;
• Samarqanddan jo‘nab ketish soat 15:20, Farg‘onaga yetib borish soat 16:40.
Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar ham 8 oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 50 daqiqani tashkil etadi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 327 000 so‘mdan, Qo‘qon – Buxoro – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha esa 654 000 so‘mdan boshlanadi.
• Qo‘qondan jo‘nab ketish soat 11:40, Buxoroga yetib borish soat 13:30;
• Buxorodan jo‘nab ketish soat 14:10, Qo‘qonga yetib borish soat 15:30.
Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar 11 oktyabrdan boshlab amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 2 soatni tashkil qiladi. Bir tomonga aviachiptalar narxi 356 000 so‘mdan, Qo‘qon – Termiz – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha esa 712 000 so‘mdan boshlanadi.
• Qo‘qondan jo‘nab ketish soat 11:40, Termizga yetib borish soat 13:40;
• Termizdan jo‘nab ketish soat 14:20, Qo‘qonga yetib borish soat 16:05.
Aviachiptalarni Silk-avia.com saytidan, Silk Avia ilovasidan, mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishingiz mumkin.