0 %

Silk Avia parvozlar dasturining yangilanishi haqida: ustuvor vazifamiz — yo‘lovchilarimizning qulayligi va xavfsizligi

26 June 2026

Silk Avia parvozlar dasturining yangilanishi haqida: ustuvor vazifamiz — yo‘lovchilarimizning qulayligi va xavfsizligi

Silk Avia aviakompaniyasi yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘nalishlarga bo‘lgan talabni hamda joriy ekspluatatsiya sharoitlarini doimiy ravishda tahlil qilib boradi. O‘zbekistonning qator hududlarida havo harorati yuqori bo‘lishi bilan ajralib turadigan yozgi mavsumda biz parvozlar jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritmoqdamiz.

Yo‘nalishlar tarmog‘ini optimallashtirish

 Yozgi mavsumdagi yuqori havo harorati uzoq masofali yo‘nalishlarda havo kemalaridan foydalanishda muayyan texnik cheklovlarni yuzaga keltiradi. Maksimal darajadagi qulaylik va reyslar aniqligini (punktuallikni) ta’minlash maqsadida, aviakompaniya Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini optimallashtirishga qaror qildi. Ushbu qadam iqlim omilining ta’siri minimal bo‘lgan, parvoz davomiyligi qisqaroq yo‘nalishlar foydasiga resurslarni qayta taqsimlash imkonini berdi. Bunday qaror tufayli biz Buxoro, Termiz, Andijon va Qarshi kabi eng ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha reyslar chastotasini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘ldik va bu yo‘lovchilarimizga sayohatlarni rejalashtirishda ko‘proq qulaylik yaratmoqda.

Tarmoqni rivojlantirish

Optimallashtirish bilan bir qatorda, biz mamlakat ichidagi sayohatlar uchun yangi imkoniyatlarni ochishda davom etmoqdamiz. Xususan, 2026-yil 10-iyuldan boshlab Buxoro — Sariosiyo — Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, bu esa hududlararo logistikani sezilarli darajada osonlashtiradi. Yangi yo‘nalish ochilishi bilan bir qatorda, aviakompaniya Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar sonini kunlik davriylikka qadar oshiradi.

Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar jadvalining o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ushbu chora vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lib, u faqatgina yozgi mavsumning murakkab ob-havo sharoitida yo‘lovchilarimizga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizlikning yuqori standartlarini saqlab qolish istagi bilan bog‘liqdir. Bandlovlari o‘zgartirilgan reyslarga to‘g‘ri kelgan yo‘lovchilarga aviakompaniya qoidalariga muvofiq zaruriy yordam ko‘rsatiladi. Amaldagi parvozlar jadvali va mavjud reyslar haqidagi ma’lumotlar silk-avia.com rasmiy saytida, mobil ilovada hamda aeroportlarning barcha kassalarida mavjud. Tushunganingiz va Silk Avia’ni tanlaganingiz uchun tashakkur bildiramiz. Sayohatlaringiz qulay va xavfsiz bo‘lishi uchun biz barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz!


Ro'yxatga qaytish