0 %

“Silk Avia” aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti Toshkent shahriga o‘z parvozini amalga oshirdi

25-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:04da “Silk Avia” mintaqaviy milliy aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti Bangkokdan Toshkent shahriga o‘z parvozini boshladi.

Havo kemasi texnik koʻrikdan oʻtdi va to’liq boʻyaldi, shuningdek sinov parvozlarini amalga oshirib eksport sertifikatiga ega bo‘ldi.
Bangkokdan Toshkentga ATR 72-600 parvozining maksimal balandligi (7600 m) va masofasini (1500 km) hisobga olgan holda, ikkinchi bort ham birinchisi kabi oltita bekatda to’xtashni amalga oshiradi — hususan, Tailand, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda.  Silk Avia aviakompaniyasining ikkinchi samolyoti 28-mart kuni Toshkentga qo‘nishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni Toshkent aeroportida Silk Avia aviakompaniyasining birinchi ATR 72-600 samolyotini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, havo kemasi tantanali ravishda suv arkasi, ekipaj a’zolari karnay va surnay sadolari ostida gullar bilan kutib olindi. Poytaxt aeroporti perronida samolyotni Uzbekistan Airports, Silk Avia kompaniyasi vakillari, jurnalistlar, blogerlar va aviaspotterlar kutib olishdi.

29 March 2023


Ro'yxatga qaytish