
Toshkentdan Qarshi shahriga har kuni parvoz qilamiz!
4 January 2024
2024-yil 1-yanvardan boshlab Silk Avia har kuni Toshkentdan Qarshi shahriga va ortga aviaqatnovlarni amalga oshira boshladi! US701/702 aviaqatnovlari dushanbadan jumagacha va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchib ketish: 8:20
- Qarshiga uchib kelish: 9:40
- Qarshidan uchib ketish: 10:20
- Toshkentga uchib kelish: 11:40
US703/704 aviaqatnovlari shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchib ketish: 19:00
- Qarshiga uchib kelish: 20:20
- Qarshidan uchib ketish: 21:00
- Toshkentga uchib kelish: 22:20
O‘zbekiston bo‘ylab birgalikda sayohat qilamiz – Silk Avia aviakompaniyasi!
Shaxsiy kabinetga kirish