0 %

Visa va MasterCard kartalari orqali onlayn to‘lov yo‘lga qo‘yildi!

26 June 2025

Silk Avia bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar endi yanada qulayroq: Visa va MasterCard kartalari orqali onlayn to‘lov yo‘lga qo‘yildi!

Silk Avia aviakompaniyasi xorijiy sayyohlar uchun O‘zbekistonda sayohat rejalashtirishni soddalashtiradigan muhim yangilikni e’lon qiladi: endilikda dunyoning istalgan nuqtasidan Silk Avia reyslariga chiptalarni Visa va MasterCard bank kartalari orqali onlayn to‘lash mumkin.

Ushbu yangilik aviakompaniyaning raqamli xizmatlarini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘lib, O‘zbekistonga bo‘lgan tobora ortib borayotgan sayyohlik qiziqishiga javobdir. Endi Silk Avia’ning betakror yo‘nalishlari bo‘yicha — Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Urganch, Qo‘qon va boshqa shaharlar sari — parvozni bron qilish atigi bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

“Biz uchun bu shunchaki yangi to‘lov funksiyasi emas — bu yo‘lovchilarimizga bo‘lgan e’tiborimiz va g‘amxo‘rligimiz ifodasidir. Silk Avia bilan sayohat har bir bosqichda qulay bo‘lishi kerak — chipta xarididan tortib samolyotga chiqishgacha. Yangi to‘lov usuli — O‘zbekistonning boy madaniyati, tabiati va mehmondo‘stligini kashf etishni istaganlar uchun katta yengillikdir,” — deya ta’kidlashdi aviakompaniya vakillari.

To‘lov quyidagi kanallarda mavjud:

  • Rasmiy sayt: www.silk-avia.com
  • Silk Avia mobil ilovasida
  • Shuningdek, avvalgidek xalqaro aeroportlar kassalari va Uzbekistan Airways Sales filiallarida

Silk Avia O‘zbekiston bo‘ylab har bir parvozni oddiy aviaqatnov emas, balki yengil, xavfsiz va unutilmas sayohatga aylantirish uchun xizmatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Bugunoq chipta bron qiling va bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling!

Silk Avia — qulaylik, imkoniyat va o‘zbekona iliqlik bilan to‘la parvozlar.


Ro'yxatga qaytish