Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati faqat "SILK AVIA" MChJ tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ushbu maxfiylik siyosati O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni talablari asosida ishlab chiqilgan.
Shaxsga doir ma’lumotlar deganda muayyan jismoniy shaxsga (shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga) taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan va odatda familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, fuqaroligi, pasport ma’lumotlari, yashash manzili, joylashgan joyi, elektron pochta manzili, telefon raqami kabi ma’lumotlarni, shuningdekhavo transportida tashish shartnomasini tuzish va bajarish jarayonida olingan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan axborot tushuniladi.
Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida "SILK AVIA" MChJ tomonidan qayta ishlanadigan har qanday axborot shaxsga doir ma’lumotlar bazalari operatori bo‘lgan "SILK AVIA" MChJ tomonidan nazorat qilinadi.
Mijoz o‘z shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha ushbu Maxfiylik siyosatga rozilik bildirganda, "SILK AVIA" MChJ tegishli havo transportida tashish shartnomasining amal qilish muddati davomida va bunday shartnoma bilan bog‘liq keyingi tartiblarni bajarish jarayonida, havo transportida tashish shartnomalarini bajarishda mijozning so‘rovlarini qondirish uchun bunday ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi. Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini berishga roziligi unga korporativ veb-sayt, mobil ilova va savdo ofislari, "SILK AVIA" MChJ agentlari, aloqa markazi, uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanish orqali tegishli xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur shart hisoblanadi.
"SILK AVIA" MChJ o‘z mijozlariga doir shaxsiy ma’lumotlardan:
• aviatsiya xavfsizligi va parvozlar xavfsizligini ta’minlash;
• bron qilish;
• aviachipta rasmiylashtirish;
• aviachipta bron qilinganligi va sotilganligi haqidagi tasdiqnomani yuborish;
• parvoz xizmatlari va parvozga oid ma’lumotlarni, parvoz oldi xaridlar va bagaj xizmatlarini taqdim etish;
• audit o‘tkazish;
• ro‘yxatga olish va kutish varaqlarini qayta ishlash jarayonini boshqarish;
• aviakompaniya veb-saytidan shaxsiy foydalanish, shuningdek, veb-saytdan foydalanish bilan bog‘liq jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash;
• qayta aloqani ta’minlash;
• parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar va tashish shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risida xabardor qilish;
• uchib ketish, tranzit, borish davlatlarining qonunlari, hukumat organlarining me’yoriy hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash;
• jinoyatlarning oldini olish va fosh etish;
• boshqa bevosita va bilvosita reklama maqsadlarida foydalanadi.
"SILK AVIA" MChJ o‘z xizmatlarini taqdim etishning quyidagi bosqichlarida mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘playdi:
• aviachiptalarni bron qilish va sotishda, aviayukxatlarini rasmiylashtirishda, shuningdek, “SILK AVIA” MChJning barcha savdo kanallari orqali qo‘shimcha xizmatlarga buyurtma berish va to‘lov amalga oshirishda, shu jumladan shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, korporativ veb-sayt, mobil ilova orqali onlayn sotuvlarni va aviakompaniyaning vakolatli agentlari orqali sotuvlarni amalga oshirishda hamda "SILK AVIA" MChJ aloqa markazi tomonidan bajariladigan xizmatlarni taqdim etishda;
• aviachiptalarni qaytarishda o‘zaro hisob-kitoblarga oid operatsiyalarni amalga oshirishda;
• audit o‘tkazishda;
• “SILK AVIA” MChJ faoliyat yurituvchi aeroportlarda “SILK AVIA” MChJ qatnovlariga yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishda;
• O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida ayrim xizmatlarni taqdim etishda;
• xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida aviakompaniya veb-saytida, o‘z savdo xizmati tomonidan, aeroportlarda yoki havo kemalari sahnida so‘rovlar o‘tkazishda;
• aviakompaniyaning korporativ veb-sayti va yo‘lovchining onlayn shaxsiy kabinetida axborot almashish va savollarga javob berishda;
• voyaga etmaganlarning kattalar hamrohligisiz sayohat qilishlari uchun da’vo arizasi yoki blankani rasmiylashtirishda;
• yuqori darajadagi qulayliklarga ega zallardan foydalanganda;
• “SILK AVIA” MChJning ijtimoiy tarmoqlardagi (Facebook, Instagram va boshqalar) rasmiy sahifalarida ma’lumotlar almashishda.
"SILK AVIA" MChJ o‘z mijozlariga doir shaxsiy ma’lumotlarni:
• “SILK AVIA” MChJ bilan tuzilgan shartnoma asosida “SILK AVIA” MChJ mijozlariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalardan;
• “SILK AVIA” MChJ mijozi bilan tuzilgan shartnomani bajarishda ishtirok etuvchi kompaniyalardan, shu jumladan, avvalgi yoki keyingi qatnovni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar, tegishli aeroport operatorlari, shuningdek, bojxona va immigratsiya xizmatlari va boshqalardan olishi mumkin.
"SILK AVIA" MChJ korporativ veb-saytining to‘g‘ri ishlashi uchun cookie-fayllardan foydalanadi. "SILK AVIA" MChJ veb-saytiga tashrif buyurganda, servislaridan foydalanganda va tarmoqda reklamalarini ko‘rganda ma’lumot to‘plash uchun cookie-fayllari va boshqa texnologiyalardan foydalanadi.
Masalan, siz tashrif buyurgan veb-saytlar, siz bosgan havolalar va IP manzilingiz haqidagi ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin. "SILK AVIA" MChJ korporativ veb-sayti uning texnik imkoniyatlari uchun mutlaqo zarur bo‘lgan cookie-fayllari va zarur bo‘lmagan fayllarni farqlay oladi. Cookie-fayllar yordamida to‘plangan shaxsga doir ma’lumotlar miqdori ushbu Maxfiylik siyosati qoidalariga muvofiq qayta ishlanadi.
"Majburiy cookies-fayllar" - "SILK AVIA" MChJ korporativ veb-saytida xaridlar va bron qilish uchun qat’iy zarur bo‘lgan cookie-fayllardir.
Agar foydalanuvchi "Majburiy cookie-fayllar" toifasiga kiruvchi cookie-fayllardan foydalanishni rad etsa, veb-saytning ba’zi funksiyalaridan foydalanish imkoni bo‘lmasligi mumkin.
Quyidagi ma’lumotlar foydalanuvchilarga "SILK AVIA" MChJ veb-sayt, mobil ilova orqali qanday ma’lumotlarni to‘plashi va bu ma’lumotlardan qanday foydalanilishini tushunishga yordam beradi.
“Silk AVIA” MChJ veb-saytiga tashrif buyurish va undan foydalanish orqali foydalanuvchi hech qanday cheklov va shartlarsiz ushbu Nizomning qoidalari va shartlari bilan tanishganligini, tushunganini va roziligini tan oladi va shunga mos ravishda ushbu Siyosatga muvofiq cookie-fayllardan foydalanishga roziligini bildiradi.
Foydalanuvchilar o‘z manfaatlari yo‘lida “SILK AVIA” MChJ veb-saytiga tashrif buyurishlari mumkin. "SILK AVIA" MChJ veb-saytida foydalanuvchilarga maksimal darajadagi qulayliklarni taqdim etish uchun cookie-fayllar to‘plamidan foydalaniladi. “Cookie” – foydalanuvchi qurilmasiga joylashtirilgan va saytdan foydalanish qulayligini ta’minlash va vaqtni tejashga mo‘ljallangan kichik matnli fayllardir. "SILK AVIA" MChJ tomonidan to‘planadigan cookie-fayllarda jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mavjud emas.
Cookie-fayllar doimiy yoki sessiyali bo‘lishi mumkin.
Doimiy cookie-fayllar brauzer tomonidan saqlanadi va saqlash shartlari tugagunga qadar:
• sessiya oxirigacha (masalan, brauzer yopilguncha);
• amal qilish muddati ko‘rsatilib, saqlash muddati tugaguncha;
• brauzer foydalanuvchining iltimosiga binoan cookie-fayl o‘chirib tashlanguncha amal qiladi.
Sessiyali cookie-fayllar muddati tugashi bilan yaroqsiz bo‘ladi. "SILK AVIA" MChJ o‘z veb-saytida ham sessiyali, ham doimiy cookie-fayllardan foydalanadi.